Qo‘shiqchi Jo Jonas va aktrisa Sofi Tyorner ota-ona bo‘lishdi, deb yozadi Fox News.
Xabarlarga ko‘ra, Sofi qizalog‘ini 22 iyul kuni Los-Anjelesdagi kasalxonada dunyoga keltirgan. Yangi tug‘ilgan chaqaloqqa esa Uilla deb ism qo‘yishgan.
Eslatib o‘tamiz, juftlik 2019 yilning yozida turmush qurishgan edi.