Bugun 9 dekabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Taxtaqoracha dovonida halok bo‘lganlarning ikki nafari Vengriya fuqarosi bo‘lgan

Taxtaqoracha dovonida halok bo‘lganlarning ikki nafari Vengriya fuqarosi bo‘lgan

“Kitob-Samarqand” yo‘lida tosh tushishi oqibatida halok bo‘lganlar vengriyalik sayyohlar ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Bu haqida O‘zbekistonning Vengriyadagi elchixonasi xabar bergan. Elchixona voqeaga munosabat bildirar ekan “Voqea tabiiy ofat tufayli sodir bo‘lgan bo‘lib, bunday hodisalar afsuski, dunyoning istalgan joyida sodir bo‘lishi mumkin”,deya izoh bergan.

Qashqadaryo viloyatidagi “Kitob-Samarqand” yo‘lida yuz bergan tosh tushishi oqibatida sodir bo‘lgan halokatda ikki nafar vengriyalik turistlar va o‘zbekistonlik haydovchi bo‘lgan. Mazkur qayg‘uli voqea chorshanba kuni sodir bo‘lgan edi.
Sayyohlar Chevrolet Cobalt avtomashinasida bo‘lgan. Axborot va ommaviy kommunikasiya agentligi voqea suratlarini tarqatmaslikni so‘ragan. Tegishli idora tafsilotlar o‘rganilayotgani haqida xabar bergan edi.
Elchixona ushbu fojiaga oid quyidagi bayonotni berdi: “O‘zbekiston Respublikasining Vengriyadagi elchixonasi Qashqadaryo viloyatidagi “Kitob-Samarqand” yo‘lida tosh yog‘ilishi oqibatida ikki nafar vengriyalik fuqaroning halok bo‘lgani haqidagi qayg‘uli xabarni chuqur afsus bilan qabul qildi. Halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga chin qalbdan hamdardlik bildiramiz. Voqea tabiiy ofat tufayli sodir bo‘lgan bo‘lib, bunday hodisalar afsuski, dunyoning istalgan joyida sodir bo‘lishi mumkin. O‘zbekiston tomoni hodisaning barcha jihatlarini o‘rganish uchun batafsil tergov olib bormoqda. Shuningdek, marhumlarni tezda vatanlariga qaytarish uchun har tomonlama yordam ko‘rsatishga tayyormiz”.

Kiritildi: 14:14 08.11.2024. O'qildi: 2746 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!