Respublika Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, vertolyot sayyohlarni Izberbash shahriga olib ketayotganda qulagan.
"Vertolyoti Achi-Su aholi punkti yaqinida qulagan. Hodisa oqibatda to‘rt kishi halok bo‘lgan, yana uch kishi jarohatlangan", — dedi agentlikka Dog‘iston sog‘liqni saqlash vaziri Yaroslav Glazov.
TASSning operativ xizmatlardagi manbasiga ko‘ra, vertolyot yerda joylashgan xususiy uyga urilib, uni vayron qilgan, biroq uyning ichida odamlar bo‘lmagan.