Bugun 9 may, 2026 yil, shanba

КИР

Tasnim: Eron Hormuz bo‘g‘ozi rejasini doimiy qonunga aylantirmoqchi

Tasnim: Eron Hormuz bo‘g‘ozi rejasini doimiy qonunga aylantirmoqchi

Eron rasmiylari Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tayotgan kemalar uchun kirish shartlarini qonun darajasida mustahkamlashni rejalashtirmoqda. Bu haqda Eronning Tasnim axborot agentligi xabar berdi.

CNN ma’lumotlariga ko‘ra, Eron hozirda bo‘g‘oz orqali o‘tadigan kemalar uchun yangi qoidalar paketini tayyorlagan. Ularning orasida “Kema haqida ma’lumot deklarasiyasi” ham bor. U 40 ta savoldan iborat bo‘lib, barcha kemalar uchun majburiy hisoblanadi.

Telekanal qayd etishicha, hujjatda Eron bo‘g‘ozdan o‘tgan kemalardan to‘lov undirish niyati bor-yo‘qligi ochiq ko‘rsatilmagan.

Kiritildi: 22:23 08.05.2026. O'qildi: 213 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!