Bugun 11 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Tashqi savdo aylanmasini rivojlantirish yo‘nalishida bojxona organlari tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar

Tashqi savdo aylanmasini rivojlantirish yo‘nalishida bojxona organlari tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar

Mamlakatimiz tashqi savdo aylanmasini rivojlantirish maqsadida sohani raqamlashtirish, bojxona tartibotlarini yanada soddalashtirish, tovarlarni bojxona hududida qayta ishlash orqali mamlakatimiz eksport salohiyatini oshirish, xorijiy investisiyalar o‘zlashtirilishini ta’minlash yo‘nalishlarida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasini rivojlantirishda muhim o‘rin tutuvchi bojxona sohani raqamlashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli chora tadbirlar amalga oshirildi.

Natijada, bugungi kunda O‘zbekiston bojxona tizimida yagona axborot tizimiga birlashtirilgan 67 ta axborot tizimi va 33 ta interaktiv xizmatlar faoliyat ko‘rsatmoqda.

10 dan ortiq mamlakat bojxonasi, 30 ta vazirlik va idoralar, 25 ta aviakompaniya bilan axborot almashinuvi yo‘lga qo‘yildi.

Nazorat va rasmiylashtiruv jarayonlarini tezlashtirish maqsadida, yangi “E-tranzit”, “Yuk operasiyalari”, “Elektron bojxona kuzatuvi”, “Bojxona ko‘rigi” axborot tizimlari amaliyotga joriy etildi.

Natijada, ushbu yangi tizimlar orqali 1,6 mln-dan ortiq deklarasiyalar rasmiylashtirilib, 700 mingga yaqin yuk operasiyalar amalga oshirildi.

Avvallari, chegara postlarida tarozi, rentgen qurilmasi, transport raqamini qayd etish, shlagbaum va boshqa jarayonlarning har biriga xodim jalb etilgan bo‘lsa hozirda mazkur transport nazoratini sun’iy intellekt yordamida, ya’ni inson omilisiz amalga oshirish yo‘lga qo‘yilib, xodimlar ish joyi optimallashtirildi.

Chegaradagi barcha idoralarga yagona axborot tizimida bir vaqtning o‘zida ishlash imkoniyati yaratildi. To‘lovlarni yagona hisobvaraq asosida to‘lash yo‘lga qo‘yilib, har bir idoraga alohida kvitansiya yozib berish yo‘q qilindi.

Idoralararo “Yagona darcha” bojxona axborot tizimiga 10 dan ortiq tashkilotlar integrasiya qilinib, 60 ga yaqin turdagi ruxsatnomalarni elektron tarzda taqdim etilishi yo‘ga qo‘yildi.

Natijada, bugungi kunga kelib, tizimda 65 mingdan ziyod foydalanuvchilar ro‘yxatga olinib, 3 milliondan ortiq ruxsatnomalar rasmiylashtirildi.

Tovarlarni omborlarga joylashtirish, ro‘yxatga olish, hujjatlardan nusxalar olib qolish qog‘ozbozlikdan voz kechildi.

Sohani raqamlashtirish va bojxona rasmiylashtiruvi jarayonlarini yanada soddalashtirish natijasida bojxona rasmiylashtiruvi vaqti qariyb 2 barobarga qisqardi.

Ushbu vaqt eksport rejimida 2017 yilda o‘rtacha 5 soat 42 daqiqani tashkil etgan bo‘lsa, 2023 yilda 30 daqiqani tashkil etmoqda.

Import tovarlarining 80 foizi (21,2 mlrd doll.) va eksport tovarlarining 89 foizi (6,8 mlrd doll.) soddalashtirilgan tartibda rasmiylashtirildi.

Bojxona yuk deklarasiyalarini sun’iy intellekt yordamida avtomatik tarzda rasmiylashtirish hajmi 15 foizga yetkazilib, bu ko‘rsatkich xavf darajasi past bo‘lgan tovarlarning eksportida 85 foizni tashkil qildi.

2022 yilda tovarlar importi 28,1 mlrd doll., tovarlar eksporti 10,7 mlrd doll. Tovarlar aylanmasi 38,8 mlrd doll., 15 foizi 5,8 mlrd doll. Eksportning 85 foizi 9,1 mlrd doll.

2023 yil 9 oyda tovarlar importi 26,4 mlrd doll., tovarlar eksporti 7,7 mlrd doll. Tovarlar aylanmasi 34,1 mlrd doll., 15 foizi 5,1 mlrd doll. Eksportning 85 foizi 6,5 mlrd doll.

Tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilariga sifatli bojxona xizmatlarini ko‘rsatish maqsadida “Bojxona rasmiylashtiruvi markazi” bunyod etilib, majmuada “Markazlashtirilgan masofaviy elektron deklarasiyalash posti”, “Call” markazi, “Targetlash va xavflarni boshqarish” markazi, “Ma’lumotlarni qayta ishlash” markazi tashkil etildi.

“Markazlashtirilgan masofaviy elektron deklarasiyalash posti”da dastlabki bosqichda Toshkent shahri tadbirkorlari tomonidan bojxona idoralariga masofadan turib taqdim etiladigan bojxona yuk deklarasiyalarini tezkorlik bilan rasmiylashtirish jarayonlari amalga oshirilsa, keyinchalik respublikadagi barcha rasmiylashtiruv jarayonlarini qamrab olish rejalashtirilgan.

Jumladan, ushbu post orqali respublika bo‘yicha taqdim etilayotgan 50 foiz (kuniga 3 mingta) deklarasiyalar rasmiylashtiriladi.

Bojxona xodimlari tomonidan tadbirkorlar bilan bevosita muloqoti cheklangan holda tovarlar masofaviy rasmiylashtiriladi. Tovarlar rasmiylashtiruvida yagona yondashuvga erishish orqali tadbirkorlar xarajatini qisqartirishga erishiladi.

Shuningdek, AQSH, BAA, Janubiy Koreya, Isroil, Turkiya, Ozarbayjon va Rossiya davlatlari tajribasidan kelib chiqib, bojxona ob’ektlarini real vaqt rejimida kuzatib borish, ularni tahliliy axborot bilan ta’minlash hamda idoralararo va xalqaro darajada ma’lumotlar almashish ishlarini yanada kuchaytirishga qaratilgan “Targetlash va xavflarni boshqarish” markazi tashkil etildi.

“Targetlash” – “nishonga olish” ma’nosini bildirib, xavflarni baholash orqali nazorat ob’ektini aniq belgilashga qaratilgan.

Markazda tezkor tuzilmalar tomonidan bojxonaning 50 ta, Jahon bojxona tashkilotining 3 ta axborot dasturi, 30 dan ortiq idoralar va 9 ta xorijiy bojxonalarning ma’lumotlari tahlil qilinib, xavf-xatarlar baholanadi va barcha bojxona postlari faoliyati masofadan boshqariladi.

Shu bilan birga, katta hajmdagi ma’lumotlarni saqlash, tahlil qilish, kiberhujumlarni barvaqt aniqlash maqsadida, “Ma’lumotlarni qayta ishlash” markazi hamda uning tarkibida zamonaviy kiberxavfsizlik va telekommunikasiya xonalari tashkil etildi.

Ushbu markaz amaldagi ma’lumotlar zahirasiga nisbatan 10 barobar katta hajmli zamonaviy serverlar, yuqori quvvatli generatorlar va yong‘in xavfsizligini ta’minlash qurilmalari bilan jihozlanib, 160 ta ob’ektdagi aloqa kanallari tezligini 5 barobarga oshirish va rasmiylashtiruv vaqtini 2 barobarga qisqartirishga erishiladi.

Bojxona organlarining Jahon bojxona tashkiloti bilan hamkorligining yangi bosqichga chiqishi Bojxona qo‘mitasining Markaziy bojxona laboratoriyasini yanada takomillashtirish, ekspertiza jarayonlarini qisqarish, sinov natijalarini mintaqa miqyosida tan olinish imkonini berdi.

Bojxona organlari faoliyatini fuqarolar va tadbirkorlar tomonidan onlayn tarzda baholash hamda natijalarni har oy yakunlari bo‘yicha qo‘mita rasmiy veb saytida e’lon qilib borish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi.

Shu bilan birga, fuqarolarga yanada qulayliklar yaratish maqsadida zamonaviy andozalar asosida “G‘ishtko‘prik”, Navoiy, “Dovut ota” hamda “Oybek” chegara bojxona postlarini rekonstruksiya qilish ishlari davom ettirilmoqda.

Sohani raqamlashtirish yo‘nalishida 12 ta dasturiy ta’minot, 3 ta mobil ilovalar ishlab chiqildi va tadbirkorlarimiz uchun ushbu axborot tizimlaridan tunu-kun samarali foydalanish imkoniyati yaratildi.

2023 yilning yanvar-sentyabr oylari davomida 16 mingdan ortiq tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilariga bojxona to‘lovlaridan 39 trln so‘m miqdorida imtiyoz va preferensiyalar qo‘llanildi.

6,2 trln so‘m miqdoridagi bojxona to‘lovlarini kechiktirib to‘lashga ruxsat berildi.

Davlat byudjetiga 40,3 trln so‘m miqdorida mablag‘ o‘tkazildi.

Xavflarni boshqarish va yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish yo‘nalishida 780 mlrd so‘mlik tovarlarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.

Xalqaro hamkorlik yo‘nalishida 8 ta xalqaro hujjat imzolandi. Sohani yanada rivojlantirish maqsadida 5,3 mln dollar grant mablag‘lari jalb qilindi.

O‘zbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasini rivojlantirish, xususan eksport salohiyatini oshirish maqsadida tovarlarni “Bojxona hududida qayta ishlash rejimi” imkoniyatlaridan foydalanishga muhim e’tibor qaratilmoqda.

Tadbirkorlarga yurtimizga olib kelinayotgan xom ashyo tovarlarini bojxona hududida qayta ishlash rejimi imtiyozlaridan foydalangan holda tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish va eksportga yo‘naltirish haqida batafsil tushuntirishlar berilmoqda.

Amalga oshirilayotgan ishlar natijasida 2023 yilning 9 oyi mobaynida mazkur rejimga jami 478 mln AQSh dollariga teng tovarlar joylashtirilib, bu boradagi ko‘rsatkichlar o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2 barobarga yoki 242 mln AQSh dollariga ortdi.

Shuningdek, ilgari xom-ashyo mahsulotlari importini amalga oshirib kelgan ko‘plab tadbirkorlarimiz endilikda bojxona to‘lovlaridan ozod qilingan hudud imkoniyatlardan samarali foydalanishni boshladi.

Ular tomonidan 66 turdagi mahsulotlar ishlab chiqarilib, xorijiy mamlakatlarga umumiy qiymati 429 mln AQSh dollarini tashkil etuvchi tovarlar eksport qilindi.

Jarayonlarni takomillashtirish, avtomatlashtirish va byurokratiyani qisqartirish bojxona rasmiylashtiruviga sarflanadigan vaqtni sezilarli darajada qisqartirishi, korxonalarga o‘z mahsulotlarini tezroq va samaraliroq eksport qilish imkonini beradi.

Bojxona rasmiylashtiruvi jarayonlarini optimallashtirish va byurokratik yukni kamaytirish tovarlarni eksport qilish xarajatlarini kamaytirish imkonini beradi, bu esa mamlakat mahsulotlarini jahon bozorida raqobatbardoshligini oshiradi.

Samarali nazorat va kontrabandaga qarshi kurash tizimlarining rivojlanishi noqonuniy savdoni kamaytirish va qonuniy eksport qiluvchilar manfaatlarini himoya qilish imkonini beradi va eksport salohiyatining oshishiga xizmat qiladi.

Kiritildi: 17:06 07.11.2023. O'qildi: 1158 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!