“Ochiq byudjet” portalida “Tashabbusli byudjet” jarayonining 2025-yilgi 1-mavsumi g‘olib loyihalari e’lon qilindi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligining ma’lum qilishicha, jarayonlarda mamlakat bo‘ylab jami 10 mln 450 mingta ovoz berildi.
Ovoz berish jarayoni yakunlariga ko‘ra, 3,2 trln so‘mlik 2 369 ta loyiha g‘olib deb topildi.
Shu bilan birga, Quva tumanida fuqarolar majburiy ovoz to‘plashga jalb etilishi holati qayd etilgani sababli majburiy ovoz to‘plangan loyihalarga aniqlik kiritilmoqda, o‘rganish natijalariga ko‘ra, mazkur tuman bo‘yicha g‘olib loyihalar qo‘shimcha ravishda e’lon qilinadi.
Vazirlik jarayonlarda ishtirok etgan barcha fuqarolarga minnatdorlik bildirgan holda “Tashabbusli byudjet” loyihasining keyingi mavsumlarida ham faol bo‘lishni so‘ragan.
G‘olib bo‘lgan loyihalar bilan shu yerda tanishish mumkin.