Bugun 2 may, 2026 yil, shanba

КИР

“Tashabbusli byudjet”da 35 ta loyiha qo‘shimcha g‘olib deb topildi

A A A
“Tashabbusli byudjet”da 35 ta loyiha qo‘shimcha g‘olib deb topildi

“Tashabbusli byudjet”ning joriy yilgi 2-mavsumi yakunlariga ko‘ra, g‘olib bo‘la olmagan 35 ta loyiha uchun qo‘shimcha mablag‘ ajratildi.

Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tomonidan g‘olib bo‘lmagan navbatdagi loyihalarni moliyalashtirish uchun mahalliy byudjetning qo‘shimcha mablag‘lari hisobidan 47 mlrd 657 mln so‘m ajratilib, 35 ta loyiha qo‘shimcha ravishda g‘olib deb topildi.

Amaldagi tartibga ko‘ra, xalq deputatlari tuman (shahar) kengashlariga mahalliy byudjetning qo‘shimcha mablag‘lari hisobidan qo‘shimcha tarzda g‘olib loyihalarni e’lon qilish vakolati berilgan.

G‘olib loyihalar ro‘yxati bilan mazkur havola orqali tanishish mumkin.

“Tashabbusli byudjet”ning 2025 yil ikkinchi mavsumida 18 734 ta loyiha ishtirok etdi, ular uchun jami 11 mln 137 mingta ovoz berilgan va qiymati 3,1 trln so‘mdan ortiq bo‘lgan 2332 ta loyiha g‘olib deb topilgan.

Kiritildi: 22:50 11.09.2025. O'qildi: 1550 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!