Ijtimoiy tarmoqda qovun va tarvuz mahsulotlarini iste’mol qilish oqibatida bir necha fuqaroning vafot etgani to‘g‘risidagi xabar tarqaldi. Holat yuzasidan Sanepidqo‘mita ma’lumot berdi.
Unda keltirilishicha, tarvuz-qovundan zaharlanish oqibatida aholi vafot etish holatlari qayd etilmagan. Poliz mahsulotlarini iste’mol qilish bilan bog‘liq oshqozon-ichak faoliyatining buzilish holatlari uchrab turishi mumkin va unga bir necha omillar sabab bo‘ladi.
odam organizmining o‘ziga xos xususiyatlariga;
bir paytda iste’mol qilish mumkin bo‘lmagan mahsulotlarning aralashtirib iste’mol qilinishi;
poliz mahsulotining eskirib qolgani (kesilgandan keyin uzoq vaqt turib qolgani);
ular tarkibida nitrat va nitritlarning me’yordan ortiqligi va boshqalar.
Aholi poliz mahsulotlarini xarid qilishda quyidagilarga e’tibor qaratishi zarur:
faqat ruxsat etilgan (savdo rastalari, bozor hududi, savdo majmualari) joylardan poliz mahsulotlarini xarid qiling;
poliz mahsulotlarni xarid qilish jarayonida laboratoriya tekshiruvlaridan o‘tganligiga e’tibor qarating;
katta (magistral) yo‘l yoqalari, aholi yashash mavzelarida sotilayotgan poliz mahsulotlari laboratoriya tekshiruvlaridan o‘tmagan bo‘lishi mumkinligini unutmaslik kerak, — deyiladi xabarda.