Aytishlariga qaraganda, ushbu bloger har doim mana shu tarzda, eri yo‘q, to‘rtta bolasi yetim qolgan degan vaj bilan, bir ssenariyda video olib kelgan. Tarmoqlarda videoga tushgan ayollarning eri borligi, bolalarning hammasi ham o‘ziniki emasligi, videoga olish uchun vaqtinchalik bolasi sifatida ko‘rsatilgani aytiladi.
Kimgadir yaxshilik qilmoqchi bo‘lsangiz, imkon qadar surishtirib, haqiqiy ahvolini bilib bu ishni qilganingiz ma’qul. Shunaqa yo‘llar bilan pul ishlab yurganlar oz emas.