Bugun 13 dekabr, 2024 yil, juma

КИР

Tarbiyalanuvchi va o‘quvchilarga nisbatan jismoniy kuch ishlatish yoki ruhiy tazyiq o‘tkazish holatlariga yo‘l qo‘yilmaydi

Tarbiyalanuvchi va o‘quvchilarga nisbatan jismoniy kuch ishlatish yoki ruhiy tazyiq o‘tkazish holatlariga yo‘l qo‘yilmaydi

✅Maktabgacha va maktab ta’lim vazirining 2024 yil 12 iyundagi "Maktabgacha ta’lim tashkilotlari hamda umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan pedagog-xodimlar uchun namunaviy etika qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida"gi 187-sonli buyrug‘iga ko‘ra (https://t.me/xtv_uz/15236) pedagog-xodimlarga qo‘yiladigan talablar:

➡️ ta’limiy-tarbiyaviy faoliyat va darslarni o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli olib borishi;

➡️ mavzudan tashqari mavzularga chalg‘imaslik;

➡️ tarbiyalanuvchi va o‘quvchilar shaxsini hurmat qilish;

➡️ ta’lim muassasalarida yuzaga keladigan harqanday muammoni qonun, oshkoralik va demokratik asosda hal qilish;

➡️ mahalla, jamoat joylarida o‘zini yuksak pedagoglik maqomiga munosib tutish;

➡️ doimiy ravishda o‘z-o‘zini shaxsiy va kasbiy rivojlantirib borish;

➡️ o‘z yo‘nalishi bo‘yicha tarbiyalanuvchi va o‘quvchilarga Davlat ta’lim standartlari darajasida bilim, ko‘nikma va kompetensiyalarni shakllantirish;

➡️ ta’limiy-tarbiyaviy faoliyat va darsdan tashqari tadbirlar davomida tarbiyalanuvchi va o‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda faol ishtirok etish;

➡️ “Ustoz-shogird” an’anasiga sodiq bo‘lish;

➡️ o‘zi yashaydigan mahallada ma’naviy-axloqiy tarbiya, “Mahalla pedagogikasi” muhitini yaratish, mahalla yoshlarini tarbiyalashda kasbiy fidoyilik, tashabbuslar ko‘tarib, “mahalla yettiligi”ga ko‘maklashish;

➡️ tarbiyalanuvchi va o‘quvchilarga nisbatan jismoniy kuch ishlatish yoki ruhiy tazyiq o‘tkazish holatlariga yo‘l qo‘ymaslik;

➡️ tarbiyalanuvchi va o‘quvchilarning shaxsiga doir ma’lumotlarni guruhdoshlari va sinfdoshlari oldida muhokama qilmaslik;

➡️ tarbiyalanuvchi va o‘quvchilarni ommaviy izza qilmaslik;

➡️ tarbiyalanuvchi va o‘quvchining ota-onasi yoki ularning qonuniy vakillari bilan shaxsiy adovatning oldini olish;

➡️ ta’lim muassasasi to‘g‘risidagi axborotlardan uning manfaatlari va obro‘siga ziyon yetkazish uchun yoki o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanmaslik;

➡️ tarbiyalanuvchi va o‘quvchilarga shaxsan ma’naviy-axloqiy namuna ko‘rsatish, ular bilan do‘stona munosabatda bo‘lish;

➡️ ta’lim muassasasi manfaatlariga zid bo‘lgan har qanday xulqdan tiyilish va bunday holatlarning oldini olish;

➡️ biror-bir noxush voqea yoki hodisa ro‘y bersa, zudlik bilan ta’lim muassasasi rahbariyatini xabardor qilish;

➡️ yoshlar orasida milliy qadriyatlar, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, ularni zararli odatlardan va boshqa turli halokatli tahdidlar hamda jamiyatimiz uchun yot bo‘lgan diniy ekstremizm, radikalizm ta’sirlaridan, “ommaviy madaniyat” xurujlaridan ogoh etib borish;

➡️ o‘quvchilarni darsdan chiqarib yuborish, darsga kiritmaslik kabi holatlarga yo‘l qo‘ymaslik;

➡️ ta’limiy-tarbiyaviy faoliyat davomida tarbiyalanuvchilarga qo‘pol munosabatda bo‘lmaslik;

➡️ ta’lim-tarbiya mashg‘ulotlarida diniy tashviqot olib bormaslik;

➡️ ta’lim muassasasiga spirtli ichimliklar iste’mol qilgan holda kelmaslik;

➡️ ta’lim muassasasining hududi va binosida spirtli ichimliklar hamda tamaki mahsulotlarini iste’mol qilmaslik;

➡️ ta’lim muassasasi hududi va binosida tarbiyalanuvchi va o‘quvchilarning ta’lim-tarbiyasiga aloqasi bo‘lmagan tadbirlarni tashkil etmaslik lozim.

Kiritildi: 16:38 03.11.2024. O'qildi: 739 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!