Bugun 28 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Tarbiya koloniyasida shaxmat-shashka musobaqasi o‘tkazildi

A A A
Tarbiya koloniyasida shaxmat-shashka musobaqasi o‘tkazildi

24-son Tarbiya koloniyasida jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlar bilan uzluksiz tarbiyaviy-profilaktik ishlar tashkil etilmoqda. Shuningdek, jazo muddatini o‘tayotgan faol mahkumlarning tashabbuslaridan unumli foydalanish, ularni axloqan qayta tarbiyalashda jamoa ta’siri rolini oshirishga ham katta e’tibor qaratilmoqda.

Muassasaning markazlashtirilgan teletarmog‘i orqali insonni ma’naviy kamolotga yetaklaydigan, farzand va ota-onalarning o‘zaro burchlarini anglashga undaydigan, unda insoniylik fazilatlarini kamol topishiga sabab bo‘luvchi maxsus videofilmlarning namoyish etilishi yo‘lga qo‘yilgan.

Tarbiyalanuvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida bugun, 26 iyul kuni ular o‘rtasida shaxmat va shashka sport musobaqalari hamda sport o‘yinlari o‘tkazildi. Unda g‘olib bo‘lgan yoshlarga muassasa boshlig‘ining faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshirildi.

So‘ngra 15 nafar tarbiyalanuvchilarning muammolari tinglash va bartaraf etish maqsadida ular bilan yakka tartibda suhbat o‘tkazildi.

Kiritildi: 20:35 26.07.2021. O'qildi: 2445 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!