Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Taomlarga murch yoki achchiq qalampir qo‘shib yeyish shamollash, koronovirus profilaktikasiga kirishi rostmi?

Taomlarga murch yoki achchiq qalampir qo‘shib yeyish shamollash, koronovirus profilaktikasiga kirishi rostmi?

— Taomlarga murch yoki achchiq qalampir qo‘shib yeyish shamollash, koronovirus infeksiyani profilaktikasi va davosiga kirar ekan. Shu rostmi? 

Bugun AOKAda Koroanvirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Barno Abdusamatova ishtirokida brifing o‘tkazildi.

Brifingda aholidan kelgan muhim savollar yuzasidan javob qaytarildi.

— Oziq-ovqatga qo‘shiladigan achchiq qalampir ishtahani ochish uchun ishlatilishi mumkin, lekin  hecham COVID 19 bilan kasallanishni to‘xtatmaydi va davolamaydi. 

O‘zingizni yangi koronovirus infeksiyasidan himoya qilishning eng yaxshi usuli bu ijtimoiy masofani saqlash, qo‘llarni tez-tez sovunlab yuvish va niqob taqishdir. Bundan tashqari   vitaminlarga, oqsillarga boy oziq-ovqatlar iste’mol qilish, ko‘proq suyuqlik ichish, muntazam jismoniy mashqlarni qilib turish hamda sog‘lom uyqu organizmni infeksiyadan himoya qilish funksiyasini ko‘tarish xususiyatiga  egadir. 

Kiritildi: 16:35 17.10.2020. O'qildi: 3460 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!