Oliy Majlis Senati raisi, gender tenglik komissiyasi rahbari Tanzila Norboyeva blogerlar va jurnalistlar uning jinsiy tarbiya haqidagi gaplarini mutlaqo noto‘g‘ri tushinishganini aytdi.
Norboyeva bu haqda odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashishga bag‘ishlangan yig‘ilishda gapirdi va ta’lim muassasalarida jinsiy tarbiya darslari o‘tilishi haqidagi taklifiga izoh berdi.
– O‘zbekistonda ajrimlarning 15 foizi bepushtlik oqibatida bo‘lyapti. Bunda nafaqat ayollarning, balki erkaklarning ham bepushtligi kuzatiladi... Men jinsiy tarbiya haqida gapirganimda bloger va jurnalistlarimiz mutlaqo noto‘g‘ri tushunishdi. Jinsiy tarbiya zarurati haqida gapirganimga sabab, qizlarni ginekologga, o‘g‘il bolalarni urologga olib borib tekshirtirish, shamollash asoratlarining oldini olish mumkin. Yoshligidan sog‘ligiga qaraydigan bo‘lsak, bepushtlikning oldini olsa bo‘ladi, – deydi Senat raisi.