Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Taniqli bloger qiz 15 yoshida vafot etdi

Taniqli bloger qiz 15 yoshida vafot etdi

O‘zining g‘ayrioddiy ko‘rinishi tufayli You Tube yulduziga aylangan bloger Adaliya Rouz 15 yoshida kam uchraydigan kasallikdan vafot etdi. Texaslik o‘smir qiz bolalikdagi progeriya yoki "Benjamin Batton kasalligi" deb nomlanuvchi Xatchinson-Gilford sindromidan aziyat chekdi. Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda.

Qiz 12 yanvar kuni vafot etgan. “U millionlab odamlarning qalbini zabt etdi va uni taniganlarning barchasida katta taassurot qoldirdi. U endi dard chekmaydi va sevimli musiqasi ostida raqsga tushadi. Ammo, afsuski, u endi biz bilan emas”, deb yozdi uning qarindoshlari ijtimoiy tarmoqlarda. Rouzning oilasi ham blogerning muxlislari va uning hayoti uchun yillar davomida kurashgan shifokorlarga minnatdorchilik bildirdi.

Adaliya Rouz bolaligidanoq "Benjamin Batton kasalligi" bilan og‘rigan. Bu kasallik o‘ta tezlashtirilgan qarish sifatida tasniflanadi. Uning o‘rtacha umr ko‘rish muddati 13 yil.

Bloger olti yoshida blog yuritishni boshlagan va tez orada ijtimoiy tarmoqlarda mashhur bo‘lib, You Tubeda deyarli uch million, Instagramda yesa 350 mingdan ortiq obunachi orttirgan.

Kiritildi: 22:14 14.01.2022. O'qildi: 6756 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!