Bugun 28 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

Ta’lim darajasi elektron tijoratning rivojlanishiga qanday ta’sir ko‘rsatadi?

A A A
Ta’lim darajasi elektron tijoratning rivojlanishiga qanday ta’sir ko‘rsatadi?

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) ekspertlari tomonidan dunyo mamlakatlarida ta’lim darajasi elektron tijoratning rivojlanishiga qanday ta’sir ko‘rsatishi o‘rganildi.

Tadqiqot davomida quyidagi natijalar olindi:

Ta’lim dunyo mamlakatlarida elektron tijorat rivojlanishining muhim omili hisoblanadi. Universitet talabalari ulushining 1 foiz punktiga (f.p.) ortishi elektron tijoratning rivojlanish indeksi o‘rtacha 0,06 birlikka oshishiga olib keladi.

Ta’limning ta’siri ayniqsa, daromadi o‘rtachadan past bo‘lgan mamlakatlar guruhida (2500 <GNI <4000) yaqqol ko‘rinadi. Ushbu guruh mamlakatlarida universitet talabalari ulushining 1 foiz punktiga oshishi, elektron tijoratning 0,24 birlikka rivojlanishiga ko‘maklashadi.

Elektron tijoratning rivojlanishiga ta’lim omili bilan bir qatorda aholining real daromadlari va internetdan foydalanuvchilar ulushi (infratuzilma) ham ta’sir ko‘rsatadi.

Kiritildi: 13:47 17.03.2024. O'qildi: 1033 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!