Respublika oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarga qishki ta’til mobaynida mahalliy yo‘nalishdagi qatnovlar uchun chegirmalar e’lon qilindi.
Barcha mahalliy yo‘nalishdagi yo‘lovchi poyezdlarining temir yo‘l hujjatining to‘liq qiymatidan 50% chegirma (SV/VIP klass vagonlaridan va yuqori tezlikda harakatlanuvchi «Afrosiyob» elektropoyezdlaridan tashqari) 23 dekabrdan 10 yanvarga qadar amal qiladi.
Chiptalarni sotib olish uchun talabalar pasport bilan temir yo‘l kassalariga tashrif buyurishi yoki elektron tarzda chipta xarid qilishda eticket.railway.uz saytidan foydalanishlari mumkin.