Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar-mart oylarida jami 13,5 ming nafar O‘zbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda Tailandga safar qilgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 7,3 ming nafarga yoki 2,2 barobarga oshgan.
Joriy yilning dastlabki 3 oyida Tailandga borgan O‘zbekiston fuqarolari safar maqsadlari bo‘yicha quyidagicha:
sayyohlik – 11 880 nafar
qarindoshlarni yo‘qlash – 1 510 nafar
xizmat yuzasidan – 56 nafar
o‘qish – 7 nafar
davolanish – 3 nafar