Bugun 18 sentyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Tailandda musson yomg‘irlari oqibatida qurbonlar soni 22 kishiga yetdi

Tailandda musson yomg‘irlari oqibatida qurbonlar soni 22 kishiga yetdi

Tailandda musson yomg‘irlari oqibatida yuzaga kelgan suv toshqinlari va ko‘chkilar qurbonlari soni 22 kishiga yetdi, yana 19 kishi jarohat oldi.

Bangkok Post gazetasining Tabiiy ofatlarga javob berish va boshqarish departamentiga (DDPM) tayanib xabar berishicha, tabiiy ofatdan deyarli 30 ming xonadon jabr ko‘rgan.

Mintaqada qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda.

Shimoldagi Chiang Ray, Nan, Phayao, Phetchabun va Phrae provinsiyalarida suv toshqini xavfi saqlanib qolmoqda.

Har yili iyun-sentyabr oylari orasida musson yomg‘irlari Janubiy Osiyoda keng ko‘lamli tabiiy ofatlar va baxtsiz hodisalarga sabab bo‘ladi.

Kiritildi: 20:00 26.08.2024. O'qildi: 948 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!