Tailandda 38 nafar talaba va 6 nafar o‘qituvchini olib ketayotgan avtobus yonib ketdi, natijada dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, kamida 20 kishi halok bo‘ldi.
Tailand transport vaziri Suriya Chuangrongryangkitning ma’lum qilishicha, Utay Tanidan ekskursiya uchun jo‘nab ketgan 44 nafar yo‘lovchi bo‘lgan avtobus yo‘lda yonib ketgan.
Ichki ishlar vaziri Anutin Chanvirakunning qo‘shimcha qilishicha, voqea joyida surishtiruvlar davom etmoqda va qurbonlarning aniq soni hali tasdiqlanmagan. Uning qayd etishicha, omon qolganlar sonidan kelib chiqib, 20 kishi halok bo‘lganligi taxmin qilinmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda avtobus yonib ketgani aks etgan kadrlar paydo bo‘ldi. Talabalarning yoshi va boshqa tafsilotlar haqida hozircha ma’lumot berilmagan.
Qutqaruvchilarning so‘zlariga ko‘ra, yong‘in avtobus to‘siqlarga qulaganidan keyin boshlangan.
Tailand Bosh vaziri Pxetxongtxan Chinavatra voqeadan chuqur qayg‘u va qurbonlarning oilalariga hamdardlik bildirdi.