Tailanddagi hayvonlarni reabilitasiya qilish qo‘riqxonasida ikki fil suv toshqini qurboni bo‘ldi, deya xabar beradi Euronews.
Fillar uchun qo‘riqxona hisoblangan milliy bog‘ katta zarar ko‘rgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tailandga “Yagi” to‘foni ham kelgan edi. Tabiiy ofat tufayli qo‘riqxonani evakuasiya qilishga to‘g‘ri keldi. Yuzdan ortiq fil qutqarildi, ammo ikkitasi kuchli toshqin suvlarida cho‘kib ketdi. Ularning o‘laksalari toshib oqayotgan daryoning quyi oqimidan topilgan. Yana bir fil bedarak yo‘qolganlar ro‘yxatiga kiritilgan.
Qo‘riqxona infratuzilmasi katta zarar ko‘rgan. Bog‘ rahbariyati yordam so‘rab, mamlakat rasmiylariga murojaat qildi.