Bugun 27 dekabr, 2025 yil, shanba

КИР

Tailand va Kambodja o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib oldi — Associated Press

Tailand va Kambodja o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib oldi — Associated Press

Tailand va Kambodja ikki davlat chegarasida 20 kun davom etgan shiddatli janglardan so‘ng o‘t ochishni to‘xtatish rejimi qayta tiklanishi haqida qo‘shma bayonot imzoladi. Tailand Mudofaa vaziri Nattxapxon Nakpxanit va Kambodja Mudofaa vaziri Tea Seyxa 27 dekabrdan boshlab o‘t ochishni to‘xtatish rejimi qayta joriy etilishini nazarda tutuvchi hujjatni imzoladi", deya xabar bermoqda nashr.

Tailand va Kambodja chegarasida og‘ir harbiy texnika, artilleriya va aviasiya qo‘llangan qurolli to‘qnashuvlar 7 dekabr kuni qayta boshlangan edi. Tailand Qurolli kuchlari ma’lumotiga ko‘ra, 22 dekabr holatiga 22 nafar harbiy halok bo‘lgan, 120 dan ortiq kishi yaralangan. Kambodja rasmiylari esa 30 nafar tinch aholi vakili vafot etgani va 87 kishi jarohat olganini ma’lum qilgan. Chegara hududlarida har ikki tomondan 400 mingdan ortiq odam uy-joyini tark etishga majbur bo‘lgan.

Kiritildi: Bugun 12:18. O'qildi: 200 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!