Joriy yil 6-9-iyul kunlari Turkiyaning Anqara shahrida tayekvondo WT bo‘yicha 10-Turkiya Ochiq chempionati bo‘lib o‘tdi. Musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi ham katta tarkibda ishtirok etdi.
Kadetlar, o‘smirlar va kattalar o‘rtasida to‘rt kun davom etgan musobaqada terma jamoamiz jami 8 ta medal qo‘lga kiritib, muxlislarni xursand etdi va musobaqani yuqori notada yakunladi.
Kattalar toifasida:
1. Nikita Rafalovich
1. Jasur Jaysunov
1. Madinabonu Mannopova
2. Najmiddin Qosimxo‘jayev
3. Omonjon Otajonov
O‘smirlar o‘rtasida:
3. Laylo Hasanova
Kadetlar o‘rtasida:
1. Islom Akchurin
1. Azizbek Sattorov
Shunday qilib, O‘zbekiston terma jamoasi musobaqada umumiy hisobda 5 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi. Kattalar o‘rtasidagi bellashuvlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan sportchilarimiz Parij-2024 Olimpiya o‘yinlari yo‘lida 20 reyting ochkosiga ega bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, kattalar toifasidagi O‘zbekiston terma jamoasi 2022-yilgi “Turkish Open” musobaqasini ikkita kumush hamda bitta bronza medali bilan yakunlagan edi.