Tadqiqot: Olimlar kofe ichish insult xavfini 37 foizga oshirishini, choy ichish esa 29 foizga kamaytirishini aniqlashdi.
Tadqiqotda 27 000 kishi ishtirok etdi, ularning yarmi birinchi insultni boshdan kechirgan.
Gazlangan ichimliklar shuningdek mevali sharbatlar zararini o‘rganish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot shuni ko‘rsatdiki:
Gazlangan ichimliklar, shu jumladan shakar bilan shirinlantirilgan ichimliklar va shakarni o‘rnini bosuvchi sun’iy qo‘shimchalar qo‘shilgan ichimliklar, insult xavfini 22% ga oshirishi mumkin, kuniga ikki yoki undan ortiq bunday ichimliklarni iste’mol qilish esa xavfni keskin oshiradi.
Kuniga to‘rt stakandan ko‘proq qahva ichish insult xavfini 37% ga oshiradi, ammo kamroq iste’mol qilsangiz xavf deyarli yo‘q.
Choy esa hali ham xavfsiz. Agar har kuni 3-4 stakan ichsangiz, insult xavfi 18-29% ga kamayadi. Ayniqsa ko‘k choy juda foydali.