Bugun 13 oktyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Jahon futbolida 200 mln yevrolik yana bir futbolchi paydo bo‘ldi

Jahon futbolida 200 mln yevrolik yana bir futbolchi paydo bo‘ldi

Transfermarkt Ispaniya chempionati (La Liga)da to‘p surayotgan eng qimmat futbolchilarni e’lon qildi.

Braziliyalik Vinisius Junior — La Liganing eng qimmat futbolchisi. Yangilangan reytingda 20 mln yevroga qimmatlagan Vinisiusning transfer narxi 200 mln yevroni tashkil etmoqda.

Vinisius Junior. Foto: RIA Novosti Sport

Shu tariqa Vinisius, Erling Holanddan so‘ng, narxi 200 mln yevroga chiqqan ikkinchi futbolchiga aylandi.

La Liganing eng qimmat futbolchilari (top-10)

  • Vinisius Junior — €200 mln (Real)
  • Jud Bellingem — €180 mln (Real)
  • Kilian Mbappe — $180 mln (Real)
  • Lamin Yamal — €150 mln (Barselona)
  • Federiko Valverde — €130 mln (Real)
  • Rodrigo — €110 mln (Real)
  • Orelyen Tchuameni — €100 mln (Real)
  • Eduardo Kamavinga — €100 mln (Real)
  • Gavi — €90 mln (Barselona)
  • Pedri — €80 mln (Barselona)

Hozirda «Real Madrid» jahondagi eng qimmat tarkibga ega jamoa bo‘lib turibdi — 1,7 mlrd yevro.

Kiritildi: Bugun 02:52. O'qildi: 2935 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!