Bugun 22 oktyabr, 2024 yil, seshanba

КИР

Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratiladi

Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratiladi

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ-979-son, 21.10.2024 y.) bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirish kiritildi.

Qonunga ko‘ra, tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan davlat organlariga taqdim etiladigan hisobot va statistika ma’lumotlarining yagona ro‘yxatiga kiritilmagan statistika, moliya, soliq hisobotini va boshqa hisobotni, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilmagan o‘zga hujjatlarni, shu jumladan bank hisobvarag‘ini ochishda ortiqcha hujjatlarni tadbirkorlik sub’ektlaridan talab qilib olganlik, xuddi shuningdek mazkur yagona ro‘yxatga kiritilgan hisobotni taqdim etishning belgilangan muddatlari va tartibiga zid ravishda talab qilib olganlik uchun javobgarlik belgilanishini nazarda tutuvchi o‘zgartirish kiritilmoqda

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Kiritildi: Bugun 11:43. O'qildi: 529 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!