Bugun 26 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Tadbirkorga 900 mln so‘mlik qurilish ob’ektini olib berishni va’da qilgan firibgar ushlandi

A A A
Tadbirkorga 900 mln so‘mlik qurilish ob’ektini olib berishni va’da qilgan firibgar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi tomonidan DXX va IIV xodimlari bilan hamkorlikda tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro I.R. “N.Q.” MCHJ rahbari A.N.ning ishonchiga kirib, unga 72 mln so‘m evaziga yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari yodamida Nukus shahri hududidan 900 mln so‘mlik qurilish ob’ektini olib berishini aytib, oldindan 20 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 17:03 01.02.2024. O'qildi: 817 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!