Hans-Diter Flik Frenki de Yongni «Barselona»da saqlab qolishni istamoqda.
Diario Sport xabariga ko‘ra, germaniyalik murabbiy klub mavsum yakuniga qadar niderlandiyalik yarimhimoyachi bilan kelishuvni uzaytirish masalasida muzokaraga kirishini istamoqda.
Flik de Yongni o‘zining uzoq muddatli loyihasida ko‘rmoqda va uni muhim figuraga aylantirmoqchi. Flikning «Barsa»ga bosh murabbiy etib tayinlanishidan keyin, de Yongni saqlab qolish asosiy talablaridan biri bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, de Yongning amaldagi shartnomasi 2026 yilda tugaydi.
Avvalroq, Kataloniya klubi Frenki bilan kelishuvni uzaytirish bo‘yicha muzokara olib bormasa, futbolchini mavsum yakunida transferga qo‘yishi mumkinligi xabar qilingandi.