Bugun 6 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Szinpin: "Biz Belarus bilan munosabatlarni strategik deb bilamiz"

Szinpin: "Biz Belarus bilan munosabatlarni strategik deb bilamiz"

Xitoy doimo Belarus bilan munosabatlarga strategik sifatida qaragan.

Bu haqda Xitoy rahbari Si Szinpin Pekinda Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan uchrashuvda ma’lum qildi.

"Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi an’anaviy do‘stlik tobora mustahkamlanib bormoqda. Buzilmas siyosiy o‘zaro ishonch ham mustahkamlanmoqda, hamkorlik deyarli barcha sohalarda rivojlanmoqda. Biz xalqaro masalalarda yaqin aloqalar va muvofiqlashtirishni davom ettiramiz. Xoh SHHT, xoh BMT doirasida bo‘lsin", - dedi Xitoy rahbari.

Shuningdek, u avgust oyi oxirida Xitoyda SHHT sammiti, 3 sentyabrda Pekinda parad bo‘lib o‘tishini ma’lum qildi va Lukashenkoni ushbu tadbirlarda ishtirok etishga taklif qildi.

Eslatib o‘tamiz, avvaliga choy ichish formatida ishchi uchrashuv o‘tkazilishi, so‘ngra davlat rahbarlarining yakkama-yakka gaplashishi rejalashtirilgan.

Kiritildi: 11:20 04.06.2025. O'qildi: 519 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!