Bugun 10 sentyabr, 2024 yil, seshanba

КИР

Suzuvchi qiz Parij Olimpiadasida «nomaqbul muhit yaratganlikda» ayblanib, sport qishlog‘idan haydaldi

Suzuvchi qiz Parij Olimpiadasida «nomaqbul muhit yaratganlikda» ayblanib, sport qishlog‘idan haydaldi

Paragvaylik suzuvchi Luana Alonso o‘tgan hafta 100 metrga batterflay usulida suzish bo‘yicha saralashdan o‘ta olmagani uchun bor-yo‘g‘i 20 yoshida karyerasini tugatganini e’lon qilgandi. The Telegraph nashrining yozishicha, u Parijni sport qishlog‘idan haydalganidan keyin tark etgan.

Instagramda yarim milliondan ortiq obunachiga ega bo‘lgan suzuvchi ijtimoiy tarmoqqa allaqachon AQShga qaytganini ko‘rsatuvchi postni joylashtirdi.

Alonsoning qishloqdan haydalishi haqidagi xabar Paragvay Olimpiya o‘yinlari rahbari uning noto‘g‘ri xatti-harakati nima ekanligini aniq aytmaganidan keyin sir bo‘lib qoldi.

Sportchilar 14 250 ga yaqin o‘yin ishtirokchilarini sig‘dira oladigan Olimpiya qishlog‘ida qolish-qolmasliklarini o‘zlari tanlaydilar.

Alonso oltinchi o‘rinni egallab, beshinchi o‘rinni egallagan gruziyalik Ana Nijaradzedan 0,24 soniya ortda qolgani va yarim finalga yo‘l olmaganidan so‘ng Olimpiadada umidsizlikka uchradi. Keyin esa faoliyatini tugatganini e’lon qildi, ammo musobaqadan keyin Parijni tark etmadi.

The Sun nashrining yozishicha, Alonso Parijda tunab, jamoadoshlarini qo‘llab-quvvatlash uchun qolish o‘rniga Disneylendga ketgan. Bu esa uning jamoasi rahbarlarini g‘azablantirgan va jazo sifatida qishloqni tark etishni buyurishgan.

Kiritildi: 15:35 06.08.2024. O'qildi: 39643 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!