Bugun 6 fevral, 2026 yil, juma

КИР

Suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish tizimini takomillashtiriladi

Suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish tizimini takomillashtiriladi

Qarorga ko‘ra,2026 yil 1 oktyabrdan suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilishda ta’minotchi korxonalar va mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan suv tejovchi texnologiyalarning nasos va filtr qurilmalarini raqamli QR-kodli maxsus yorliqlangan belgi ostida ishlab chiqarish va sun’iy yo‘ldosh kuzatuv tizimi (GPS treker)ni o‘rnatish tartibi joriy etiladi.

📝 2026 yil 1 oktyabrdan suv tejovchi texnologiyalarni o‘rnatish ishlari majburiy tartibda tasdiqlangan minimal talab va me’yorlar asosida amalga oshiriladi.

🗒 2026 yil 1 oktyabrdan suv tejovchi texnologiyalarni bank kreditlarini olmasdan o‘z mablag‘lari hisobidan joriy qiladigan tashabbuskorlarga subsidiya ajratishning quyidagi yangi tizimi joriy etiladi:

🔹 loyiha tashabbuskori tomonidan suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish uchun qo‘yiladigan minimal talab va me’yorlar doirasida loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqiladi;

🔹 ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlari hamda loyihani amalga oshirish bo‘yicha ta’minotchi korxona bilan tuzilgan shartnoma, ushbu texnologiyalar uchun belgilangan tartibda hisob-kitob qilingan subsidiyaning 50 foizini Agrar sohada to‘lovlar agentligi tomonidan oldindan ajratishga asos bo‘ladi;

🔹 suv tejovchi texnologiyalar loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq o‘rnatilib, foydalanishga topshirilganidan so‘ng hisob-kitob qilingan subsidiya mablag‘larining qolgan 50 foizi loyiha tashabbuskoriga to‘lab beriladi;

🔹 subsidiyaning dastlabki 50 foizi to‘lab berilganidan so‘ng ikki oy muddat ichida texnologiyalar o‘rnatilib ishga tushirilmaganda, ajratilgan subsidiyalar belgilangan tartibda qaytariladi.

Kiritildi: Bugun 18:40. O'qildi: 301 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!