Tuproq ostidan sug‘orish tizimi yerning unumdor qatlamidan 40-60 sm chuqurlikda joylashtirilib, maxsus namlovchi quvur liniyasi tuproq kapillyarlari orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘simliklarning ildiz qatlamiga suvni yetkazib berishdan iborat.
Bunda maxsus quvurlarning uzunligi, suv o‘tkazish hajmi va orasidagi masofasi e’tiborga olinadi:
- quvurlarning uzunligi – 50-200 metr;
- suv o‘tkazish hajmi – soniyasiga 0,02-0,33 litr (100 metrga);
- oradagi masofa – 1-3,5 metr.
Tuproq ostidan sug‘orishning afzalliklari:
- suv bug‘lanishi deyarli kuzatilmaydi;
- begona o‘tlarning o‘sib chiqmaydi;
- suv bilan birga mineral o‘g‘itlar yetkazib berish imkoniyati;
- hosildorlikni 40% gacha oshishi.