«O‘zenergoinspeksiya» Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbiri davomida Peshku tumanida yashovchi fuqaro A.A.ga tegishli bo‘lgan suv nasosi o‘zboshimchalik bilan elektr tarmog‘iga ulanib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilayotgani aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, elektr ta’minoti korxonasiga 630 million so‘mlik zarar yetkazilgani ma’lum bo‘ldi.
Hozirda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.