Bugun 5 fevral, 2025 yil, chorshanba

КИР

Sut mahsulotlarini markirovkalash haqidagi xabar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi — SSP

Sut mahsulotlarini markirovkalash haqidagi xabar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi — SSP

Hozirgi kunda tadbirkorlar taklifiga ko‘ra, quruq sut importiga cheklovlar olib tashlanishi rejalashtirilmoqda.

Shu yilning 11 dekabr kuni Gazeta.uz‘da e’lon qilingan “O‘zbekistonda sut mahsulotlarini markirovkalash boshlanadi“ sarlavhali materiali yuzasidan Savdo-sanoat palatasi munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, chetdan olib kiriladigan quruq sutga o‘tgan yili cheklov qo‘yilgani oqibatida ulardan olinadigan tayyor mahsulotlar importi 30 foizga ko‘paygan.

Hozirgi kunda tadbirkorlar taklifiga ko‘ra, quruq sut importiga cheklovlar olib tashlanishi rejalashtirilmoqda. Xaridorlarga sut mahsulotlarini ongli ravishda tanlash imkonini yaratish maqsadida qadoqda tabiiy sut yoki quruq sut ishlatilgani haqidagi ma’lumot ko‘rsatilishi ko‘zda tutilmoqda.

"Namangan, Samarqand va Toshkent viloyatida tabiiy va quruq sutdan tayyorlangan mahsulotlarni ajratadigan laboratoriyalar tashkil qilish reja qilinmoqda.

Kelajakda ularning yordamida mahsulotlarni ajratib, tabiiy yoki quruq sutdan tayyorlangan belgini qo‘yish yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilmoqda", — deyiladi rasmiy munosabatda.

Kiritildi: 10:50 13.12.2024. O'qildi: 714 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!