Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Surxondaryoda yosh yigit o‘ynashining erini pichoqlab o‘ldirdi

Surxondaryoda yosh yigit o‘ynashining erini pichoqlab o‘ldirdi

Surxondaryo viloyati Denov tumanida 25 yoshli yigit qotillikka qo‘l urdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yil 24 noyabr kuni soat 04:30 larda Denov tumanida yashovchi 47 yoshli M.R. (sudlanmagan, ishsiz) yashash xonadonida turmush o‘rtog‘i bilan uxlab yotgan vaqtda yuziga niqob taqib olgan noma’lum shaxs yotoqxona eshigini buzib kirib, o‘zi bilan olib kelgan o‘tkir tig‘li jism bilan erkak tanasining turli joylariga bir necha marotaba urib, qasddan o‘ldirgan va hodisa joyidan yashiringan.

Olib borilgan tezkor tergov-qidiruv tadbirlari natijasida mazkur jinoyatni M.R.ning turmush o‘rtog‘i bilan ikki yil davomida yashirin ravishda jinsiy aloqada bo‘lib kelgan 25 yoshli A.A. (sudlanmagan, ishsiz) tomonidan sodir etilgani aniqlangan.

Holat yuzasidan tuman prokuraturasi A.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, u Jinoyat-prosessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan.

Kiritildi: 14:25 26.11.2022. O'qildi: 4890 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!