Bugun 12 mart, 2025 yil, chorshanba

КИР

Surxondaryoda Tiko urib yuborgan piyoda vafot etdi

Surxondaryoda Tiko urib yuborgan piyoda vafot etdi

Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida piyoda halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.

Hodisa 2024 yil 31 dekabr kuni soat 20:45 larda sodir bo‘lgan. Piyoda Jarqo‘rg‘on tumani O‘zbekiston mahallasida yo‘lning belgilanmagan qismidan o‘tayotganda uni “Tiko” mashinasi urib yuborgan.

Oqibatda piyoda og‘ir tan jarohatlari olib, voqea joyida vafot etgan.

Qayd etilishicha, hodisa yuz bergan mahallada viloyat YPX mutasaddilari ishtirokida muhokama yig‘ilishi o‘tkazilgan. Unda haydovchilar va aholi vakillari hushyorlikka chaqirilgan.

Kiritildi: 19:26 26.01.2025. O'qildi: 1183 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!