Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Surxondaryoda "prava"si bo‘lmagan yigit otasining "Cobalt"ida YTHga uchradi. Avariya oqibatida yosh yigit vafot etdi

Surxondaryoda "prava"si bo‘lmagan yigit otasining "Cobalt"ida YTHga uchradi. Avariya oqibatida yosh yigit vafot etdi

26 noyabr kuni soat taxminan 20:00 da Surxondaryo viloyati Bandixon tumanining «Obikor» mahallasidan o‘tuvchi 4R-100 avtomobil yo‘lining 125-kilometrida Cobalt avtomobilining avariyaga uchrashi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi va yo‘lovchilardan ikki nafar tan jarohat olgan. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar berdi.

Surxondaryo viloyati YHXB xodimlari va Bandixon tuman mas’ullaridan tashkil topgan ishchi guruh voqea joyiga yig‘ilib, YTH sabablarining kelib chiqishini o‘rgandi.

Aniqlanishicha, avariya vaqtida Cobalt avtomobili hali haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan yigit boshqaruvida bo‘lgan. U otasiga tegishli mashinani boshqarish paytida tajribasizligi sabab boshqaruvni yo‘qotib qo‘ygan. YTH oqibatida 22 yoshli yigit vafot etgan.

«Tez kelib qo‘ydim, shekilli, burilishda chetroqqa chiqqan ekanman, nima qilyapsan, deb rulga tegindi. Tormoz bosganimni bilaman, u yog‘ini eslay olmayman. Qarasam uchovimiz ham yotibmiz. Mashina 20 martacha dumaladi. Uyqum keldimi, bilmayman, o‘zim boshqarib ketayotgan edim», — deydi avariya sababchisi bo‘lgan yigit.

Hozirda ushbu holat yuzasidan Bandixon tumani IIB tergov guruhi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tergov ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 12:03 29.11.2020. O'qildi: 3714 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!