Oltinsoy tumanida go‘zallik salonini abonent hisob raqami ochmasdan elektr tarmog‘iga ulab berishni va’da qilgan bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari ushlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Oltinsoy tumani bo‘limi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Energosavdo” filialining Oltinsoy tumani bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari B.B. “B.” MFY hududidagi go‘zallik saloni ishchisi B.D.dan sarflanadigan elektr energiyasi uchun elektron abonent hisob raqamini ochmasdan, tarmoqqa to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulab berishi hamda kelgusida ETK xodimlari tomonidan o‘tkaziladigan nazorat tadbirlarida chora ko‘rilmasligini va’da qilib, evaziga 7 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.