Bugun 23 noyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Surxondaryoda bugundan boshlab elektr ishlab chiqarish hajmi oshadi

Surxondaryoda bugundan boshlab elektr ishlab chiqarish hajmi oshadi

Surxondaryoda bugundan boshlab elektr ishlab chiqarish hajmi oshadi. Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligi binosida bo‘lib o‘tayotgan sessiyada Shavkat Mirziyoyev ma’lum qildi, deb xabar beryapti Kun.uz muxbiri.

Prezidentga ko‘ra, 2022 yilda ishga tushgan “Zarchob-1” va “Zarchob-2” GESlarida yiliga 201 million/kilovatt soat elektr ishlab chiqarilmoqda. Bugun ishga tushadigan “To‘palang GES”da yiliga yana 467 million/kilovatt soat elektr ishlab chiqarish qo‘shiladi.

Shuningdek, davlat rahbari viloyatda:

• oilaviy tadbirkorlik dasturlari uchun berilgan 1,1 trillion so‘mga qo‘shimcha 200 milliard so‘m ajratish;

• Jarqo‘rg‘on tumanidagi Biznes va yengil sanoat hamda Uzun tumanidagi Qishloq xo‘jaligi texnikumlari bo‘sh binolarida 1 ming o‘quvchi o‘rniga ega monomarkazlar tashkil qilish;

• bu monomarkazlarga Turkiya, Yaponiya va Germaniyadan 10 nafar tajribali mutaxassislarni olib kelib, zamonaviy kasblarga o‘qitishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha mas’ullarga topshiriq berdi.

“Lekin bu juda kam. Ulug‘bek Qosimov viloyat klasterlari bilan birga, 1 iyulga qadar 118 ta og‘ir mahallada kasanachilik loyihalarini boshlab, 10 ming aholini band qilish majburiyatini oladi”, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Kiritildi: 15:08 13.03.2023. O'qildi: 2509 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!