Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Surxondaryoda budda tasviri tushirilgan terrakota haykali topildi

Surxondaryoda budda tasviri tushirilgan terrakota haykali topildi

Surxondaryo vohasi, xususan Termiz shahri milodiy 1-3 asrlarda buddizm markazi sifatida tanilgan. Bu haqda Xitoyning tarixiy manbalari ham guvohlik beradi. Eski Termiz hududidagi buddaviylik ibodatxonalari va undan topilgan budda haykallari shular jumlasidandir.

Surxondaryo viloyati turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, xuddi shunday budda tasviri tushirilgan terrakota haykali viloyatimizning Sariosiyo tumanidan ham topildi. Ushbu terrakota haykalida buddaning o‘tirgan holati tasvirlangan.

Tumanning "Shahriobod" mahallasi Hurvatan qishlog‘ida yashovchi fuqaro tomonidan topilgan haykalcha “Termiz” davlat muzey-qo‘riqxonasiga topshirilmoqda.

Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati

Kiritildi: 11:01 28.05.2022. O'qildi: 4021 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!