Uzun tumanida fuqaro F.M. “Erkinlik” MFY hududidagi noturar binoda saqlab kelgan tegishli hujjatlari bo‘lmagan har bir qopi 20 kg bo‘lgan jami 5 000 qop ko‘mirni fuqaro A.A.ga 100 mln so‘mga sotishga kelishadi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uzun tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda ushbu pullar hisobidan 5 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
O‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “Ko‘mir ta’minot” MCHJning Uzun tumani ombori mudiri E.R. kuz-qish mavsumida tuman aholisi va tumandagi ijtimoiy soha ob’ektlarini isitish uchun olib kelingan umumiy bahosi 447,2 mln so‘m bo‘lgan jami 1 470 tonna ko‘mirni qimmat narxlarda boshqa shaxslarga sotib yuborgan.
Shu orqali davlat va jamiyat manfaatlariga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgani, xususan, 2023 yilning sentyabr oyida tadbir davomida ushlangan F.M.ga 180 tonna ko‘mirni 120 mln so‘mga sotgani aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.