Bugun 5 oktyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Surxondaryo viloyati prokuraturasining katta prokurori firibgarlik bilan 10 ming dollar olgan vaqtida ushlandi

Surxondaryo viloyati prokuraturasining katta prokurori firibgarlik bilan 10 ming dollar olgan vaqtida ushlandi

Surxondaryo viloyati prokuraturasining Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirishga oid qonunchilik ijrosi ustidan nazorat bo‘limi katta prokurori viloyatdagi fermer xo‘jaliklariga tegishli bo‘lgan 280 gektar yer maydoniga tomchilatib sug‘orish texnologiyasini o‘rnatish bo‘yicha mahalliy MCHJ rahbariga buyurtmachi fermer xo‘jaliklar topishda va ular bilan shartnomalar tuzishda hamda MCHJning xizmati uchun bankdan pul mablag‘lari ajratilishida yordam berganligini ro‘kach qilib, 28 ming AQSh dollari talab qiladi.

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, katta prokuror oldindan 10 ming AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda unga nisbatan viloyat prokuraturasi tomonidan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Kiritildi: 10:53 06.07.2024. O'qildi: 1126 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!