Bugun 6 oktyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Surxondaryo suv ta’minoti korxonasining uch xodimi oqova suv qudug‘i ichida hushidan ketdi

Surxondaryo suv ta’minoti korxonasining uch xodimi oqova suv qudug‘i ichida hushidan ketdi

Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanida oqova suv qudug‘i ichida hushidan ketib qolgan uch nafar xodim qutqarilgan. “Surxondaryo suv ta’minoti” AJ matbuot kotibining xabar berishicha, hodisa 4 oktyabr kuni yuz bergan.

Qumqo‘rg‘on suv ta’minoti bo‘limida faoliyat olib borayotgan uch nafar texnik xodim Qumqo‘rg‘on tumani Do‘stlik mahallasida joylashgan oqova suv qudug‘ini tozalash jarayonida havo yetishmovchiligi sababli hushidan ketgan.

Voqea joyiga Qumqo‘rg‘on tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi va tuman tez tibbiy yordam guruhi zudlik bilan yetib kelgan.

Ko‘rilgan tezkor choralar natijasida xodimlar mas’ul tashkilotlar hamda jamoatchilik vakillari yordamida quduqdan chiqarilib, birinchi yordam ko‘rsatish uchun tuman tez tibbiy yordam bo‘limiga yetkazilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ularning hayoti saqlab qolingan bo‘lib, hozirda shifokorlar nazoratida tibbiy muolajalar olib borilmoqda.

“Ushbu hodisaga o‘z vaqtida e’tibor qaratib, fuqarolarning xavfsizligini ta’minlashga hissasini qo‘shgan jamoatchilik va mas’ul tashkilotlar vakillariga “Surxondaryo suv ta’minoti” AJ o‘z minnatdorchiligini bildiradi”, deyiladi xabarda.

Kiritildi: 21:25 05.10.2024. O'qildi: 397 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!