Bugun 5 mart, 2026 yil, payshanba

КИР

Suriyalik jangarilar Damashqni egallab, Bashar Asad rejimi qulaganini e’lon qildi

A A A
Suriyalik jangarilar Damashqni egallab, Bashar Asad rejimi qulaganini e’lon qildi

Suriyalik jangarilar Damashqni egallab, Bashar Asad rejimi qulaganini e’lon qildi.

Mahalliy telegram kanallar hukumat qo‘shinlari fuqaro kiyimini kiyib, o‘z pozisiyalarini tark etayotganini da’vo qilmoqda. Shaharda otishmalar davom etmoqda, internet uzilishlar bilan ishlayapti.

Qo‘zg‘olonchilar poytaxt aeroportini qo‘liga oldi va qamoqxonadagi mahbuslarni ozod qila boshladi. Respublika gvardiyasi Asad qarorgohini qo‘riqlashni to‘xtatdi. CNN ma’lumotlariga ko‘ra, avvalroq rasmiy manbalar buni rad etgan bo‘lsa-da, prezident mamlakatni tark etgan.

Kiritildi: 09:27 08.12.2024. O'qildi: 2979 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!