Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

«Suriyadan kelayotgan samolyotimizga qarab turk qiruvchi samolyoti uchirilgan...» Shavkat Mirziyoyev – «Mehr» operasiyasi haqida gapirdi

«Suriyadan kelayotgan samolyotimizga qarab turk qiruvchi samolyoti uchirilgan...» Shavkat Mirziyoyev – «Mehr» operasiyasi haqida gapirdi

Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatidagi saylovchilar bilan uchrashuvda «Mehr» operasiyasi haqida gapirdi.

Toshkent viloyatidagi saylovchilar bilan uchrashuv chog‘ida «Mehr» operasiyasi doirasida Suriyadan O‘zbekistonga qaytib kelgan ayol ham so‘z oldi va vatanga olib kelingan barcha ayollar va bolalar nomidan o‘z minnatdorligini bildirdi.

Shavkat Mirziyoyev ushbu operasiyalarni amalga oshirish oson bo‘lmagani, ko‘p to‘siqlar va qiyinchiliklar bilan uddasidan chiqilganini ta’kidladi.

«Bir safar yurtdoshlarimizni Suriyadan olib kelayotgan samolyot Turkiya osmoni ustidan uchib o‘tayotganda bizga qarab turk harbiy havo kuchlarining qiruvchi samolyoti uchirildi va Turkiya hududini tezda tark etishni talab qildi. Keyin biz noiloj samolyotni qo‘ndirish uchun tezda boshqa joy qidirdik va eng yaqin Ozarbayjonga qo‘ndirishga ruxsat oldik.

Shundan so‘ng o‘zim shaxsan Turkiya prezidenti Erdo‘g‘on janobi oliylariga qo‘ng‘iroq qildim. Muzokaralardan keyin samolyotimiz yana uchishda davom etdi.

Garchi adashgan bo‘lishsa ham, lekin ular vatandoshlarimiz-ku. Ular uchun kim bilan bo‘lsa ham muzokara olib borishga tayyorman», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Kiritildi: 19:40 16.10.2021. O'qildi: 8151 marta. Fikrlar soni: 3 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!