Aleppoda Suriya Demokratik Kuchlari (SDK) jangarilari tomonidan turar-joy hududlarini o‘qqa tutish natijasida halok bo‘lganlar soni to‘qqiztaga yetdi, 55 kishi yaralandi.
Bu haqda SANA agentligi xabar bermoqda.
Xabarga ko‘ra, shaharning turar-joy hududlariga qilingan hujumlar tinch aholi orasida qurbonlar sonining ko‘payishiga olib keldi. Yaradorlarga zarur tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.
SDK kuchlari va Suriya armiyasi o‘rtasidagi to‘qnashuvlar davom etmoqda. Hukumat kuchlari Aleppodagi jangarilar pozisiyalariga qarshi maqsadli harbiy operasiyalar boshlanganini e’lon qilishdi.
Suriyaning shimoliy poytaxtidagi vaziyat 6 yanvar kuni SDK hukumat pozisiyalariga hujum qilish uchun dronlardan foydalanganida keskinlashdi. Avvalgi xabarlarda besh kishi halok bo‘lgani va 30 dan ortiq odam yaralangani aytilgan edi.