Isroil G‘azo sektorida bosqinchilik va qirg‘inbarot urushini boshlaganiga 363 kun bo‘ldi. 24 soat davomida G‘azo sektori, Iordan daryosining G‘arbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir bo‘lgan asosiy voqealar.
▪️Bosqinchilar G‘azoga hujumlarini kuchaytirdi. Kun davomida ular 5 marta qirg‘in qilishdi, 89 kishi halok bo‘ldi. Urush boshlanganidan buyon 41689 kishi shahid bo‘ldi.
▪️WAFA: Sharqiy Quddusda 2024 yilning uchinchi choragida Isroil hujumlari natijasida sakkiz falastinlik halok bo‘ldi, 304 nafari hibsga olindi va 16138 mustamlakachi Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi.
▪️Al-Qassam brigadalari Rafahda Merkava tankini portlatib, ishg‘olga oid harbiy texnikani yo‘q qildi.
▪️Bu tunda bosqinchilar Bayrutning janubiy chekka hududlariga 20 marta zarba berdi. Ulardan biri tez yordam stansiyasiga kelib tushgan. Kun davomida 46 kishi halok bo‘ldi, 85 kishi jarohat oldi.
▪️So‘nggi 24 soat ichida Isroil havo kuchlarining Livanga bergan zarbalari natijasida 46 kishi halok bo‘ldi, 85 kishi yaralandi. 2023 yil 8 oktyabrdan beri Isroilning Livanga qilgan hujumlarida 1928 kishi halok bo‘ldi, yana 9290 kishi yaralandi. Ayni vaqtda 1 million 200 ming kishi o‘qqa tutilishi sababli uyini tark etishga majbur bo‘ldi.
▪️Hizbulloh Livan janubidagi Marun ar-Ras shahri tomon harakatlanayotgan Isroilning 3 tanki boshqariluvchi raketa yordamida yo‘q qilgani, shaharga kirishga uringan isroil piyoda askarlariga hujum qilingani haqida xabar berdi.
▪️Isroil Livanga hujum chog‘ida 8 ta askar halok bo‘lgani va 39 tasi yaralangani haqida xabar berdi. Haqiqiy raqamlar ko‘proq: Hizbulloh bilan jangda 14 dan 35 gacha askar halok bo‘lgan.
▪️Husiylar: Ishg‘ol ostidagi Yafa (ibroniy Tel-Aviv)dagi hayotiy nishonga bir nechta uchuvchisiz uchoqlar bilan hujum qildik, nishonlarga aniq zarba berildi.
▪️Suriya va Rossiya havo hujumidan mudofaa tizimlari Jebla shahri yaqinida dushman zarbasini qaytardi.