Bugun 21 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

Suriya Rossiya o‘rniga Amirliklarni tanladi

Suriya Rossiya o‘rniga Amirliklarni tanladi

Xorijiy OAV xabar berishicha, Suriyaning yangi hukumati BAA va Germaniyada yangi pul birligini chop etishni rejalashtirmoqda.

Ta’kidlanishicha, ilgari banknotalar Rossiyada bosilib, ularda mamlakatning sobiq prezidenti Bashar Asad tasvirlangan edi. Amerika sanksiyalarining yengillanishi arab respublikasi oldida yangi imkoniyatlar ochmoqda.

Suriyaning yangi rahbarlari va BAA o‘rtasidagi aloqalar chuqurlashayotganining yana bir belgisi sifatida Damashq 15 may payshanba kuni BAAning DP World kompaniyasi bilan Tartus portini rivojlantirish bo‘yicha 800 million dollarlik dastlabki kelishuvni imzoladi. Bu AQSh prezidenti Donald Tramp seshanba kuni kutilmaganda e’lon qilgan AQShning Suriyaga nisbatan sanksiyalari bekor qilinishi haqidagi bayonotidan keyingi ilk shu kabi kelishuv bo‘ldi.

Damashqda 13 yillik urushdan so‘ng vayron bo‘lgan iqtisodiyotni tezda qayta qurishga urinishmoqda. Yaqinda uni banknotlar yetishmovchiligi yanada qiyinlashtirdi.

Kiritildi: 20:23 16.05.2025. O'qildi: 702 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!