Bugun 9 noyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Suriya prezidenti Vashingtonga rasmiy tashrif bilan keldi

Suriya prezidenti Vashingtonga rasmiy tashrif bilan keldi

Suriya prezidenti Ahmad al-Shara rasmiy tashrif bilan Vashingtonga keldi.

Bu haqda SANA davlat agentligiga tayanib xabar bermoqda.

Suriya yetakchisi amerikalik hamkasbi Donald Tramp bilan 10 noyabr, dushanba kuni Oq uyda uchrashadi.

AQShning Suriya bo‘yicha maxsus vakili Tom Barak 1 noyabr kuni Bahrayndagi Manama muloqoti doirasida al-Sharaning Vashingtonga kutilayotgan tashrifini birinchi marta e’lon qildi. Uning aytishicha, Suriya ISHIDga qarshi kurashayotgan AQSh boshchiligidagi koalisiyaga qo‘shilishni kutmoqda.

Suriya yetakchisi avvalroq shu yilning sentyabr oyida BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasidagi ishtiroki doirasida AQShga tashrif buyurgan edi.

Kiritildi: Bugun 10:50. O'qildi: 406 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!