Bugun 16 dekabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Suriya muvaqqat hukumati BMT Xavfsizlik kengashini Isroilning Suriyaga qarshi hujumlarini to‘xtatish borasida amaliy harakatga undadi

Suriya muvaqqat hukumati BMT Xavfsizlik kengashini Isroilning Suriyaga qarshi hujumlarini to‘xtatish borasida amaliy harakatga undadi

Suriyaning BMTdagi doimiy vakili Qusay ad-Dahak tomonidan BMT bosh kotibi Antoniu Guterrishga yo‘llangan maktubda Isroil armiyasi 1974 yilgi bitimni buzgan holda Suriya hududiga bostirib kirgani qoralangan.

"Suriya Arab Respublikasi o‘z tarixining yangi davriga qadam qo‘yayotgan, xalq erkinlik, tenglik va qonun ustuvorligi hukm suradigan davlat qurishga intilayotgan, farovonlik va tinchlik orzusini ro‘yobga chiqarishga harakat qilayotgan paytda Isroilning bosqinchi armiyasi Suriyaning Hermon tog‘i va Quneytra muhofazasidagi hududlariga kirdi", – deyiladi murojaatda.

Damashq hukumati Isroil armiyasidan zudlik bilan Suriya hududidan chiqib ketishni talab qilgan.

Kiritildi: Bugun 16:02. O'qildi: 318 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!