Bugun 20 may, 2025 yil, seshanba

КИР

Suriya hukumati qurolli guruhlarga 10 kun muhlat berdi

Suriya hukumati qurolli guruhlarga 10 kun muhlat berdi

Suriya mudofaa vaziri Murxaf Abu Kasr mamlakatdagi hali hukumatga bo‘ysunmagan qurolli guruhlardan 10 kun ichida buni amalga oshirishni talab qildi. Bu haqda Al Arabiya xabar berdi.

"Biz hozirgacha markaziy hukumatga bo‘ysunmagan qurolli guruhlarga 10 kun ichida Mudofaa vazirligi qo‘mondonligi nazorati ostiga o‘tishlari kerakligini ma’lum qilamiz. Bu xavfsizlik kuchlarini birlashtirish va tartibga solishni yakunlash maqsadida amalga oshirilmoqda", – deya vazirning bayonotidan iqtibos keltiradi telekanal.

Biroq, bayonotda mazkur chaqiriq kimlarga qaratilganiga aniqlik kiritlmadi.

Kiritildi: 16:42 18.05.2025. O'qildi: 860 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!